"Hunarmand" uyushmasi bilan memorandum imzolandi

24.06.2022, 16:08

Partiyamiz tomonidan o‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirlari, shuningdek, "Ishbilarmon ayol" ko‘rik tanlovida vohadagi faol hunarmand xotin-qizlar ham ishtirok etishadi. Vaholanki, ular orasida O’zLiDePning a’zolari ko‘p. O’z navbatida, partiyamizning hududiy kengashlari hamda joylardagi boshlang‘ich partiya tashkilotlari vakillari hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan ko‘plab fuqarolarga ko‘maklashib kelmoqda.

Bu esa "Hunarmand" uyushmasi bilan bevosita hamkorlik qilish ehtiyojini tug‘diradi. Shu kungacha uyushma bilan hamkorlikda faoliyat yuritdik. Endilikda esa ushbu hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatida O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi hamda uyushmaning viloyat boshqarmasi rahbari Muxayyo Djo‘rayeva bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum vohamizdagi ishsiz xotin-qizlarni tadbirkorlik va hunarmandchilik qilib, o‘zlarini band qilishlari uchun amaliy yordam berish va ularni qo‘llab-quvvatlashda qator loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Shoxista Allamurodova,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va

mavqiyeni oshirish bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    449
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+