Konstitutsiya takomillashtirilishi bo‘yicha Prezidentimiz bildirgan takliflar mazmun-mohiyati keng aholi vakillariga yetkazilmoqda

24.06.2022, 16:10

Konstitutsiya takomillashtirilishi bo‘yicha Prezidentimiz bildirgan takliflar mazmun-mohiyati keng aholi vakillariga yetkazilmoqda

O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqidan kelib chiquvchi O’zLiDePning dolzarb vazifalari muhokamasiga bag‘ishlangan davra-suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda so‘z olgan O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi raisi R. Kamolov davlatimiz rahbari ma’ruzasi va taklif qilgan tashabbus va takliflarini O’zLiDePning barcha bo‘g‘inlaridagi va hududiy tuzilmalarida chuqur va batafsil o‘rganish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda kuni kecha bir guruh deputatlar tomonidan konstitutsiyaviy tashabbus orqali kiritilgan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini keng aholi qatlami orasida muhokama qilish va ularning takliflari, fikr-mulohazalarini olish borasida vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    108
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+