“Tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhi tadbirkorlar orasida

14.03.2018, 18:12

“Tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhi  tadbirkorlar orasida

Navbahor tumanida O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi hamda “Tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhi hamkorligida amaliy muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.

Muloqotda “Davud Ota kelajagi” oilaviy korxonasi rahbari Dilafro‘z Ergasheva o‘tgan yildan boshlab parandachilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganini, korxona o‘z faoliyatini dastlab 50 dona broller jo‘jani parvarishlash bilan boshlab, hozirgi kunda ularning soni 4500 taga yetganini aytdi.

– Davlatimiz rahbari Xatirchi tumanida o‘tkazgan yig‘ilishida qatnashish mendik yosh fermer uchun unitilmas voqea bo‘ldi, – deydi u. – Chunki yig‘ilishda so‘z olib, Prezidentimizdan oilaviy korxonamiz faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida tumanda foydalanilmay yotgan bo‘sh binolardan birini olishda amaliy yordam so‘radim. U kishining tashabbusi bilan bino ixtiyorimizga ajratib berildi. Kelgusida oilaviy korxonamiz a’zolari bilan birgalikda 1000 dona o‘rdak, 1000 dona g‘oz, 1000 dona kurka, 20000 dona tovuq ko‘paytirishni maqsad qilganmiz. Albatta, bu ishimizni amalga oshirish uchun qo‘shimcha ozuqa mahsulotlarini yetishtirishimiz uchun ekin yerlari kerak bo‘ladi. Hozirda ushbu rejalarimizni amalga oshirish uchun harakatlarni boshlaganmiz.

Ta’kidlash kerak, muloqotda tadbirkorlar tomonidan tilga olingan bu masalalar Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari A.Jo‘rayev tomonidan nazoratga olindi.

B.YULDASHEV,

 O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1329
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+