O’zLiDeP faoli 131 nafar ayolni ishli qildi

27.06.2022, 14:58

O’zLiDeP faoli 131 nafar ayolni ishli qildi

Partiyamizning faol, ishbilarmon ayollaridan biri Gulsara Tangirova Sho‘rchi tumanida "Maftuna Sho‘rchi dizayn" tikuvchilik korxonasini ishga tushirdi. Natijada hududdagi ko‘plab  xotin-qizlar doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi. Yaqinda yangi tikuv sexining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, "Maftuna Sho‘rchi dizayn" mas’uliyati cheklangan jamiyatining loyiha qiymati 417 ming dollarni tashkil etadi.

Quvvati 350 o‘rinli bo‘lgan korxonada 131 nafar qo‘li gul tikuvchilar ish faoliyatini boshladi.

— Ayollarning ishli bo‘lishi — sog‘lom oila, kuchli jamiyat barpo qilishning mustahkam asosidir, — deydi korxona rahbari Gulsara Tangirova. — Ayniqsa, turmushning og‘ir zarbalariga uchragan, mehnatga layoqati cheklangan xotin-qizlarning doimiy ish bilan ta’minlanishi ularning hayotida tub burilish yasaydi.  Ertangi kunga umid uyg‘otadi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+