O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faxriylari ishtixonlik yoshlar bilan uchrashdi

27.06.2022, 16:10

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faxriylari ishtixonlik yoshlar bilan uchrashdi

Yig‘ilishda O‘zLiDeP Samarqand viloyat Faxriylar Kengashi raisi Haydar O’roqov Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqidan kelib chiquvchi O’zLiDePning dolzarb vazifalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda tuman Kengashi deputatlari, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i va yoshlar yetakchilari so‘zga chiqib, yangilanayotgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘z takliflarini bildirishganligini, mazkur o‘zgarishlar ularning hayotida muhim o‘rin tutishini hamda mamlakatimizda kechayotgan konstitutsiyaviy islohotlar Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala ekanligi, shuningdek, yangidan qabul qilinadigan Konstitutsiyaga tegishli moddalar sifatida kiritilishi O’zbekiston ahli ushbu muhim siyosiy jarayonga befarq emasligini e’tirof etishdi.

Tadbir ishtirokchilari Konstitutsiya takomillashtirilishi bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan bayon qilingan to‘rtta ustuvor yo‘nalish va ularning har biri bo‘yicha Prezidentimiz bildirgan takliflarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladilar.

Uchrashuvda tuman xokimi F.Ruziyev ishtirok etdi.

 Jaxongir Xo‘jamkulov,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+