“MAROQAND SIFAT TEXTIL” MChJ 10 nafar ishtixonlik yosh yigit-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berdi

27.06.2022, 16:20

“MAROQAND SIFAT TEXTIL” MChJ 10 nafar ishtixonlik yosh yigit-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berdi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi a’zolari Ishtixon tumanidagi “MAROQAND SIFAT TEXTIL” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Klaster usuli jahon tajribasida sinovdan o‘tgan va muvaffaqiyat qozongan usuldir. Prezidentimiz tashabbusi bilan texnologik, paxta-to‘qimachilik, ko‘p tarmoqli sanoat, chiqindilarni kompleks boshqarish, yosh tadbirkorlik, tog‘ va tog‘ turizmi, teri xomashyosini qayta ishlash va charm-poyabzal, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va eksport qilishga ixtisoslashgan, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat, sanoatlashgan chorvachilik, davlat-xususiy ilmiy klasterlarini barpo qilish bo‘yicha amaliy ishlar mamlakatimizda davom etmoqda.

Ishtixon tumanidagi yirik to‘qimachilik korxonasi – “MAROQAND SIFAT TEXTILE” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham ana shunday ilg‘or texnologiyalar asosida klaster usulida ishlab kelayotgan yirik korxonalardan biri sanaladi.

Ayni paytda mazkur korxonada 600 nafarga yaqin mahalliy yigit-qiz mehnat qilmoqda. Bu yerda paxtani qayta ishlash quvvatlaridan unumli foydalangan holda yiliga 2000 tonnadan ziyod ip kalava tayyorlanib, ta’minotchilarga yetkazib berilmoqda.

E’tiborli jihatlaridan biri mazkur korxona direktori Sherali Xusanov bilan suhbatlashilganda korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan, yosh yigit-qizlarni o‘z ustida ishlashi, mas’uliyati, tirishqoqligini hisobga olib, ularni muntazam ravishda qo‘llab quvvatlab kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Xususan, korxona ta’sischilari tomonidan iqtidorli yosh yigit-qizlardan 10 nafarini Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga shartnoma asosida o‘qishga kiritib, oliy ma’lumotli, bugungi zamon talablariga javob beradigan kadrlar bilan korxona xodimlari sonini oshirish maqsad qilingan.

Faxriylar Kengashi a’zolari korxona faoliyati bilan tanisharkan, bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imtiyozlar, imkoniyatlar natijasida amalga oshirilgan ishlar, yoshlarni, xotin-qizlarni bandligi ta’minlanganligini guvohi bo‘lishdi.

Ishchi xodimlar bilan o‘tkazilgan suhbatda faxriylar, partiya faollari o‘z fikr mulohazalarini bildirib Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqidan kelib chiquvchi O’zLiDePning dolzarb vazifalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

 Jaxongir Xujamkulov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    563
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+