Konstitutsiyaviy islohotlar targ‘iboti eng chekka hududlargacha olib borilmoqda

27.06.2022, 16:21

Konstitutsiyaviy islohotlar targ‘iboti eng chekka hududlargacha olib borilmoqda

O’zLiDeP Navoiy viloyat hududiy partiya tashkiloti hamda “Yuksalish” umumilliy harakati Navoiy viloyat bo‘linmasi tomonidan viloyatning barcha hududlarida mening konstitutsiyam mavzusida jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Maqsad aholida konstitutsiyaviy islohotlarga daxldorlik hissini oshirish o‘z taklif va mulohazalari bilan faol qatnashishlari uchun keng jamoatchilik vakillariga munosib muhokamalar maydonini yaratib berishdan iborat. Tashkil etilgan jamoatchilik muhokamasining ilk tadbiri bugun Navoiy davlat pedagogika institutining faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, pedagogika instituti professor o‘kituvchilari, talabalar, sportchilar, yosh olimlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarga konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishning zarurati ayni jarayonda keng aholi vakillarining ishtirokini taminlashning eng dolzarb jihatlariga to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek 20 iyun kuni davlatimiz rahbarining konstitutsiyaviy komissiya azolari bilan bo‘lgan uchrashuvda ilgari surgan fikr, bildirgan takliflari kelajakda xalqimiz manfaati, yurtimiz rivojiga hissa qo‘shishi haqida so‘zlab berildi. Aytish mumkinki tadbir chindan ham qizg‘in muhokamalarga boy bo‘ldi. Misol uchun Navoiy davlat pedagogika instituti 2 bosqich talabasi 1341 raqami orqali muhokama jarayonining o‘zidayoq komissiyaga o‘z taklifini bildirdi.

Takidlash kerakki tadbirlar 5 iyulgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Muhokamalar jarayoniga viloyat bo‘ylab 40 mingga yaqin turli sohalarda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

  • Ko'rildi
    177
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+