Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha Prezidentimiz bildirgan takliflar mazmun-mohiyati aholiga yetkazilmoqda

27.06.2022, 16:30

Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha Prezidentimiz bildirgan takliflar mazmun-mohiyati aholiga yetkazilmoqda

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqidan kelib chiquvchi O’zLiDePning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, shahar va tuman Kengashi xodimlari, deputatlar, elektorat vakillari, faol yoshlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Sag‘indiq Turmanov joriy yilning 20 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvdagi nutqidan kelib chiqib partiya mas’ullari va faollari oldida turgan muhim vazifalarga e’tibor qaratdi.

Qisqa vaqt mobaynida  Konstitutsiyaviy  komissiya tomonidan  Asosiy qonunimizni takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilganini alohida e’tirof etib, konstitutsiyaviy  islohotlar bugun yurtimizda ob’ektiv  hayotiy zarurat sifatida kun tartibiga ko‘tarilganini alohida ta’kidladi.

Prezidentimiz nutqidagi “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida inson huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ta’lim, ilm-fan sohalarini taraqqiy ettirish, xususiy mulk daxlsizligini yanada mustahkamlashga doir muhim tashabbuslar ilgari surildiki,  ularning hammasi juda muhimdir.

 “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimiz farovonligini yanada oshirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda kuchli faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilanganligini alohida ta’kidladi.  

 Yig‘ilishda deputatlar tomonidan konstitutsiyaviy tashabbus orqali kiritilgan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini keng aholi qatlami orasida muhokama qilish va ularning takliflari, fikr-mulohazalarini olish borasida vazifalar belgilab olindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    315
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+