Partiyaning ishbilarmon ayoli aniqlandi

27.06.2022, 16:45

Partiyaning ishbilarmon ayoli aniqlandi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 19 yildan ziyod vaqt mobaynida yurtimizdagi ayollarining tom ma’nodagi ko‘makchisiga aylandi. Partiya ko‘magi bilan mingdan ortiq xotin-qizlar o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Birgina, Angrendagi partiya shahar Kengashi bugun o‘z saflarida 2000 dan ziyod ayollarni birlashtirgan.

O’tgan davr mobaynida partiya mahalliy Kengashi tomonidan xotin-qizlarning iqtisodiy, huquqiy bilimlarini oshirish, qayta kasbga yo‘naltirish va ish bilan ta’minlash hamda oilaviy korxonalar tashkil etish borasida qator xayrli ishlar amalga oshirildi.

Partiyaning “Ishbilarmon ayol” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda ham mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida faol ishtirok etayotgan shijoatli, izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkor va fermer xotin-qizlarni saralab olindi.

Tanlovning ochilish marosimida so‘z olgan partiya Angren shahar Kengashi apparat rahbari Muqaddam Narbayeva ayollar o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda O`zLiDePning tutgan o‘rni,  o‘zaro samarali hamkorlik, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar to‘g‘risida to‘xtaldi. Tanlov ishtirokchilarini uning Nizomi va shartlari bilan yaqindan tanishtirdi. Tadbirkorlik yo‘nalishida faollik, jonbozlik ko‘rsatayotgan ishtirokchilarni adolatli shartlar asosida bellashishga chorladi.

Partiya shahar Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shohista Madiyarova tanlov ishtirokchilarini tanishtirib,  ularning faoliyati to‘g‘risida qisqacha axborot berdi.

Shundan so‘ng, tanlovning har bir ishtirokchisi o‘z ko‘rgazmalarini hay’at a’zolari va yig‘ilganlarga tanishtirib, uni turli taqdimotlar va fotoko‘rgazmalar orqali izohlab berishdi.

Ko‘rik-tanlovda partiya shahar Kengashi “Ayollar qanoti” faollari, BPT raislari, mahallalardan ishtirok etayotgan tadbirkor, fermer xotin-qizlar va  partiya faollari o‘z bilim, mahorat va tajribalari doirasida bellashishdi.

Adolatli hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining faoliyati yaqindan diqqat bilan o‘rganilgach, g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko‘ra, “Zamonaviy tadbirkor ayol portreti” nominatsiyasiga G.Umaraliyeva, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli” nominatsiyasiga H.Xoshimova, “Investitsiyalarni jalb qilishda tashabbus ko‘rsatgan ishbilarmon ayol” nominatsiyasiga hunarmand X.Baymenova, “Bitiruvchi qizlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan ishbilarmon ayol” nominatsiyasiga tikuvchi N.Nozimova, “Eng yosh, faol ayol tadbirkor” nominatsiyasiga esa G.Djurayevalar munosib deb topildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O`zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    393
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+