G’ijduvon tumanidagi “SAFIRA” MChJ klinikasida Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

27.06.2022, 16:48

G’ijduvon tumanidagi “SAFIRA” MChJ klinikasida Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

G’ijduvon tumani markazidagi 45 o‘ringa mo‘ljallangan “SAFIRA” MChJ klinikasida O’zLiDeP viloyat va tuman Kengashi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida mamlakatimizda kechayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni, partiya barcha bo‘g‘inlarining bu boradagi mas’uliyati va o‘rni xususida so‘z bordi.

-Davlatimiz rahbari tomonidan Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 14 ta taklif O’zLiDeP g‘oya va maqsadlariga to‘la mos keladi, - deydi “SAFIRA” MJCh rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Gulbahor Sharapova. - Xalqimiz salomatligini, xususan onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, biz soha hodimlarini ham partiya mas’ullarini ham o‘z faoliyatimizga yangicha yondashishni talab etmoqda.

Shu kuni bu yerda partiya quyi bo‘g‘ini ham tashkil etilib, BPT raisligiga Sardorjon Axtamov saylandi. Milliy bankning tuman bo‘limidan ajratilgan 2 mlrd so‘m kredit evaziga o‘z faoliyatini boshlagan 45 o‘ringa mo‘ljallangan “SAFIRA” MChJ klinikasi  partiya faoli Gulbahor Sharapova tomonidan tashkil etilgan yagona davolash muassasasi emas. Bundan birmuncha vaqt oldin deputat G.Sharapova sa’y-harakati bilan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan “MARJON STOM SERVIS, "G’IJDUVON DIAGNOSTIKA MASKANI" xususiy korxonalarida ham boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuzilgan bo‘lib, maslakdoshlar tomonidan joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan O’zLiDeP safiga qabul qilinganlarga a’zolik guvohnomalari tantanali  ravishda topshirildi.

Tadbir doirasida mazkur klinikaning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    464
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+