Bandixonda 26 nafar ishsiz xotin-qiz kasb-hunarli bo‘ldi

27.06.2022, 17:59

Bandixonda 26 nafar ishsiz xotin-qiz kasb-hunarli bo‘ldi

Bandixon tumanida ham «Ayollar daftari»ga ro‘yxatga olingan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni hunarli, ishli qilish uchun astoydil harakat qilinayotir. Muammolari o‘rganilib, imkon qadar ijobiy hal etish uchun imkoniyatlar ishga solinmoqda.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” va partiyaning tuman Kengashi vakili hududdagi ayni shu holatlarni o‘rgandi. Tumandagi 7-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan tadbirda ana shu masalalar muhokama qilindi. Unda Bandixon tumani oila va  xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari, partiyamiz faoli Intizor Mamasalayeva bu borada qilingan ishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Hozirda tumandagi tadbirkorlar tomonidan 26 nafar ishsiz xotin-qiz  bepul kasbga  o‘qitilib, 30 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangani ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida 22 nafar xotin-qiz partiya safiga qabul qilinib, yangi  boshlang‘ich partiya tashkiloti ham ochildi. Ularga O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqiyeni oshirish bo‘lim mudiri Sh.Allamuratova a’zolik guvohnomalarini topshirdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    459
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+