Bosh qomusimizning Muqaddimasida yoshlar huquq va erkinliklarini aks ettirilishi biz uchun sharaf

27.06.2022, 18:02

Bosh qomusimizning Muqaddimasida yoshlar huquq va erkinliklarini aks ettirilishi biz uchun sharaf

Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilayotgan islohotlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki va ta’sirini amalda ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy dunyoqarash, bilim va ko‘nikmaga ega yoshlarning bilimlarini va demokratik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Dunyodagi hozirgi tahlikali vaziyatda yoshlarni chalg‘ituvchi, ularni o‘z domiga tortishni istovchi turli kuchlar ko‘payib boryapti. Eng achinarlisi, dunyoning qaysi burchagida biror jinoyat sodir etilsa, albatta, bu jarayonda yoshlarning «qo‘lidan» foydalanilyapti.

Tarbiyasi mo‘rt yoshlardan jamiyat, mahalla yoki oila uchun hech qanday naf yo‘q. Yoshlarning hayotda adashishi, tuzatib bo‘lmas xatolari tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xato yoki befarqlikning achchiq in’ikosidir.

Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining 60 foizdan yuqori qismini yoshlar tashkil etadi. Ularning ulg‘ayib, komil inson bo‘lishlari uchun kundan kunga ulkan imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Bu esa yoshlarimizning orzu niyatlari, istak va iqtidorlarini ro‘yobga chiqishiga xizmat qilmoqda.

“O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida ham yoshlarga e’tibor, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida urg‘u berilgan.

Xususan, mamlakatimizning barqaror rivojlanishini, yoshlarning munosib hayot kechirishini, shu maqsadda ta’lim, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotini ta’minlashga intilishini Bosh qomusimizning Muqaddimasida belgilab qo‘yilishi ham yoshlar siyosati davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan dalolatdir.

Arabboy Abdullajonov,

 Yoshlar parlamenti a’zosi

  • Ko'rildi
    190
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+