Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati aholiga tushuntirilyapti

28.06.2022, 11:59

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati aholiga tushuntirilyapti

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zi saylangan okruglarda bo‘lib, aholi bilan muloqot qilyapti, hududlarda o‘rganishlar olib boryapti. Xalq vakillari hududlardagi faoliyati davomida «O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bahrom Rahmonaliyev Oltiariq tuman Madaniyat uyi binosida tuman Xalq ta’limi tasarrufidagi  umumiy o‘rta ta’lim maktablarning direktorlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi targ‘iboti yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda ta’limni rivojlantirish uchun lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan keng fikrlar almashinildi. Ishtirokchilarning takliflari shakllantirildi. Ushbu turdagi tadbirlar davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    478
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+