Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasida

28.06.2022, 12:05

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasida

Barcha yerda bo‘lganidek, Buxoro viloyatida ham “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi munosabati bilan tegishli yig‘ilish, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Buxoro shahar hokimligida mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida  o‘tkazilgan yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova so‘zga chiqib, Yangi Konstitutsiyaning o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritilish nazarda tutilayotgan tegishli bob va moddalari yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bayon etdi. 

Xalq noiblari bilan o‘tkazilgan yuzma-yuz uchrashuvda ta’kidlanganidek,  pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam ko‘rsatishning boshqa turlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan past miqdorda bo‘lishi mumkin emasligi aniq ko‘rsatilmoqda. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ularning ish haqini kamaytirishning  ta’qiqlanishi, bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish qonunga binoan javobgarlikka sabab bo‘lishi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida o‘z aksini topganligi aytib o‘tildi.

Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi, teng huquqlilikka asoslanishi, bolalarning jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi ekanligi  konstitutsiya loyihasida mustahkamlab qo‘yilganligi e’tiborga sazovordir.

Deputatlar Qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohaza va takliflari bayon etdilar.

  • Ko'rildi
    410
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+