Konstitutsiyaviy qonun loyihasi BPT muhokamasida

28.06.2022, 14:35

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi BPT muhokamasida

O'zLiDeP Romitan tuman Kengashi "BCT Cluster" MChJ huzuridagi BPT da partiya mas’ullari, mahalliy kengash deputatlari hamda quyi bo‘g‘in faollari ishtirokida Prezidentimiz tashabbusiga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish  to‘g‘risida"gi Kostitutsiyaviy Qonun loyihasinining umumxalq loyihasi muhokamasiga qo‘yilishi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Atoyeva, partiya tuman Kengashi apparati rahbari N.Vohidov va boshqalar huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan bugungi kunda amaldagi konstitutsiyani davr talablari darajasiga olib chiqish, ya’ni uni tegishli boblar va moddalar bilan o‘zgartirish, zarur qo‘shimchalar kiritish zarurati tug‘ilib qolganligini, jahonda ro‘y berayotgan bugungi o‘zgarishlar, aynan shunday yo‘l tutishimiz kerakligini, bu haqda yurtboshimiz tomonidan joriy yilning 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham alohida ta’kidlab o‘tilganligini qayd etdilar.

Konstitutsiyaviy loyihaning umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi ayni muddao bo‘ldi, –deydi deputat M.Atoyeva. - Hayotimizning bundan keyingi farovonlashuvi ushbu muhim hujjatning har tomonlama pishiq-puxta ishlab chiqilishiga, xalqimiz xoxish irodasi mujassam bo‘lishiga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Barcha sa’y-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritilayotgan barcha o‘zgartirishlarning negizida O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Davra suhbatida mavzuga oid boshqa bir qator tegishli dolzarb vazifalar ham ko‘rib chiqildi.

  • Ko'rildi
    155
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+