Deputatlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini xalq muhokamasidan o‘tkazmoqda

28.06.2022, 14:43

Deputatlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini xalq muhokamasidan o‘tkazmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Toxir Axmadaliyev “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Baliqchi tuman hokimligida tuman tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari, ta’lim va tibbiyot sohasi vakillari bilan uchrashdi. Tadbir davomida bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuv davomida  Konstitutsiyaga o‘zgartirish yuzasidan tayyorlangan slayd va videorolik yig‘ilish ishtirokchilariga namoyish etildi.

Kunning ikkinchi yarmida xalq vakili O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish yuzasidan bildirilayotgan takliflarni muhokama qilish, aholi vakillarining referendumda faol ishtirok etishi va keng jamoatchilikning fikrini o‘rganish maqsadida Baliqchi tumanidagi “Mumtoz”, “Qiyali”, “Qumtepa”, “Yurtobod” va “Do‘stlik” mahallalarida bo‘lib, qonun loyihasi yuzasidan yetarlicha ma’lumotlar berdi.

Uchrashuvlar davomida deputat “Mumtoz” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Mo‘minov Rustamjonning yo‘llagan murojaati yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

Xalq vakilining o‘z  saylov okrugidagi uchrashuvlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    331
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+