Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida hech kim befarq emas

28.06.2022, 14:44

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida hech kim befarq emas

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati To‘lqinjon Karimovning hududdagi o‘rganishlari qizg‘in o‘tmoqda. Xususan, deputat mamlakatimizda Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ishlariga alohida e’tibor bermoqda.

Ta’kidlash joiz, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va aholiga yetkazish bo‘yicha O'zLiDePning ishchi guruhlari xududlarda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Xalq vakili dastlab, Marhamat tuman hokimligida faollar, tadbirkor va fermerlar bilan uchrashib, “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi.

-Qonunchilik, jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq jarayonlarda keng jamoatchilikning ishtiroki muhim mezonlaridan biri hisoblanadi, – deydi deputat T.Karimov. - Shu ma’noda targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish yuzasidan bildirilayotgan takliflarni muhokama qilish, aholi vakillarining referendumda faol ishtirok etishi va keng jamoatchilikning fikrini o‘rganishdan iborat.

Uchrashuvlar davomida  xalq vakili Marhamat tumanidagi “Guliston”, “O’qchi” MFYlarida hamda “Rayyona tekstil” ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, Konstitutsiyaviy islohotlar xususida targ‘ibot, tushuntirish va takliflar to‘plash ishlarini tashkil etdi.

Quvonarli jihati shundaki, masalaga hech kim befarq emas. Aholi faolligi juda yuqori. Bevosita yig‘ilish davomida ham, yig‘ilishdan keyin ham fuqarolar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilishi lozim deb hisoblangan qator takliflar bildirildi.

Deputatning saylov okrugdagi uchrashuvlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    335
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+