Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbirlar davom etyapti

28.06.2022, 14:47

Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbirlar davom etyapti

Xorazm viloyat Qo‘riqlash boshqarmasida O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi bilan hamkorlikda konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda so‘z olgan partiya viloyat kengashi raisi Islom Fayzullayev Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi mazmun-mohiyatini tadbir ishtirokchilariga yetkazdi hamda bosh qomusimizga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilar “Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarurligi, ya’ni, insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerakligi bosh qomusimizda o‘z aksini topayotgani alohida e’tirof etildi.

Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan qator takliflar xususida ham so‘z yuritilib, mazkur takliflar nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Asosiy Qomusimizning dunyodagi eng mukammal va xalqimiz orzu istaklari ro‘yobini ta’minlovchi Konstitutsiyaga aylantirishga xizmat qilishini e’tirof etishdi.

 Nasiba Vaisova,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    262
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+