Deputatlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini saylovchilar ishtirokida muhokama qilyapti

28.06.2022, 14:49

Deputatlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini saylovchilar ishtirokida muhokama qilyapti

Boysun tumani hokimligi majlislar zalida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil qilindi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov, sektor rahbarlari, tuman Kengash kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, tumandagi MFY raislari va xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida o‘tgan uchrashuvlda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati va zarurati haqida ma’lumotlar berildi. Bosh Qonunga kiritilgan o‘zgarishlar keng muhokama qilindi.

  • Ko'rildi
    224
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+