Partiyamiz yetakchisi Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangi tahrirdagi norma ta’lim tizimi samaradorligini yanada oshirishini ta’kidladi
28.06.2022, 17:22

O‘zLiDeP hududiy tuzilmalari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamalarini tashkil qilishni izchil davom ettiryapti.
Shahrisabz shahridagi 1-kasb-hunar maktabida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O'zLiDeP fraksiyasi rahbari, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov ham qatnashdi.
O‘zLiDeP lideri qayd etganidek, qonun loyihasiga ko‘ra “inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangan holda Konstitutsiyaning 60 dan ortiq moddasiga 170 dan ortiq tuzatish kiritish nazarda tutilyapti.
Partiya yetakchisi, shuningdek, Prezidentimiz 2022 yil 20 iyunda Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqida ta’lim tizimini rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini belgilab berganini bildirdi. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ham maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish hamda darsliklarni yangilash, oliy ta’limga qamrov darajasini amaldagi 28 foizdan 50 foizga yetkazish singari vazifalar ko‘zda tutilganini qayd etdi. Binobarin, amaldagi Konstitutsiyaning 41-moddasini quyidagicha o‘zgartirish mo‘ljallanyapti: “Davlatga qarashli, xususiy va boshqa shakldagi ta’lim muassasalari va tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng sharoitlar yaratadi”.
So‘z olgan o‘qituvchilar, deputatlar ham Bosh qonunga kiritilayotgan mazkur yangi norma davlat va nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatining eng asosiy mazmun-mohiyatini belgilashga xizmat qilishi to‘g‘risida gapirdilar.
Muloqot ishtirokchilari konstitutsiyaviy qonun loyihasini ma’qulladilar.
O'xshash yangiliklar
-
Bog‘otlik tadbirkorlar va tomorqachilarning ish faoliyati bilan tanishilib, muammo va takliflari o‘rganildi
05.08.2022, 15:58
-
Xazorasplik tomorqachi Rustam ota tajribasi ommalashtiriladigan bo‘ldi
05.08.2022, 15:56
-
Gurlanda ish boshlagan korxona 1200 nafardan ortiq xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan
03.08.2022, 17:36
-
Partiya yetakchisi Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi
03.08.2022, 17:05
-
Taxiatoshda tadbirkorlik sub’ektlari soni ortib bormoqda
02.08.2022, 12:04
Fikringizni qoldiring