Samarqanddagi Markaziy harbiy okrugida Bosh qomusimiz muhokamasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

29.06.2022, 17:18

Samarqanddagi Markaziy harbiy okrugida Bosh qomusimiz muhokamasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Mamlakatimizda Konstitutsiyani isloh etish jarayoni qizg‘in pallaga kirdi. Shu kunlarda “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi o‘tkazilmoqda. Navbatdagi targ‘ibot tadbiri Samarqanddagi Markaziy harbiy okrugida tashkil etildi.

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Erkin Salixov davlatimiz rahbari tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda e’tibor qaratilgan to‘rtta ustuvor yo‘nalishning mazmun-mohiyati hamda Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarga izoh berib o‘tdi.

Jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash maqsadlariga boshqalarning huquqlarini hurmat qilmasdan turib erishib bo‘lmaydi. Shu sababli cheklovlar, ya’ni insonning huquq va erkinliklarini cheklanishi,  faqat qonun bilan va boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini, shuningdek jamoat xavfsizligini va tartibini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan doirada bo‘lishi mumkin. Mazkur normani Konstitutsiyamizda aks ettirilishi fuqarolarimizning huquqlarini himoyasi va xavfsizligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.

So‘zga chiqqanlar yangi normalarning kiritilishi xalqparvar davlat barpo etilishida asosiy omil bo‘lishi to‘g‘risida so‘z yuritdilar. Muloqot ishtirokchilari Konstitutsiyaviy qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildilar.

Hasan G’afurov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining yordamchisi

  • Ko'rildi
    250
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+