Inson va uning manfaatlarini himoya qiluvchi hujjat

29.06.2022, 17:23

Inson va uning manfaatlarini himoya qiluvchi hujjat

Paxtaobod tumanidagi markaziy poliklinikada "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Javlonbek Ergashev yig‘ilish ishtirokchilariga Konstitutsiyaviy qonun tashabbuskorlaridan biri sifatida Konstitutsiyaviy islohot bosqichlari, Konstitutsiyaviy qonunning ishlab chiqish jarayonlari, uning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.

Xalq vakilining navbatdagi targ‘ibot tadbiri Izboskan tumanidagi "Qorayantoq" MFYda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahalladagi faollar, faxriylar, hokim yordamchilari, yoshlar ishtirok etdilar.

Konstitutsiyaviy qonun yuzasidan ishtirokchilar o‘z takliflarini ham bildirib o‘tishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Javlonbek Ergashev ishtirokida Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha o‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirlari yuzasidan aniq rejalar belgilandi. Uchrashuvdan so‘ng, xalq vakillari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yuzasidan aholi vakillari bilan muloqotga kirishdilar.

  • Ko'rildi
    306
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+