Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni yuzasidan aholi vakillari orasida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinyapti

29.06.2022, 17:32

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni yuzasidan aholi vakillari orasida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinyapti

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Samarqand shahridagi “Mir Said Baraka” MFY da mahalla raislari, mahalladagi tadbirkorlar, pedagoglar, faol faxriylar ishtirokida “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda  O`zLiDeP viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari I.Botirov, viloyat Kengashi deputati B.Xo‘jayorov ishtirok etib, yig‘ilganlarga “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdilar. Ushbu o‘zgarishlarni keng aholi qatlami orasida muhokama qilish va ularning takliflarini olish muhimligi xususida gapirishdi.

  • Ko'rildi
    294
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+