O’zgartirishlarda umuminsoniy prinsiplar mujassam
29.06.2022, 17:35

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun loyihasini xalqimiz, jamoatchiligimiz bilan keng muhokama qilish Bosh qomusimizning pishiq-puxta, yanada xalqchil, tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘lishiga xizmat qiladi.
Shu ma’noda Angor tumani hokimligida "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda senator O.Soatov, Qonunchilik palatasi deputati F.Samadov hamda O`zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi A.Ro‘ziyevlar ishtirok etib, o‘zgartirish kiritilayotgan qonunlar, ularning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Misol uchun, Qomusning 25-moddasida har kim erkinlik va daxlsizlik huquqiga ega bo‘lishi bilan birga, hech kim shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi ham belgilanmoqda. Shuningdek, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz g‘ayriinsoniy muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas, degan band ham kiritilmoqda. Bu umuminsoniy prinsiplarga to‘la mos keladi. Qaysidir ma’noda bugun tazyiq va zo‘ravonlikdan aziyat chekayotganlarning sonini kamaytirishga ham sabab bo‘ladi. Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar mohiyati ham aynan inson manfaatlariga xizmat qiladi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Davlat xizmatchilariga tadbirkorlik muassisi bo‘lishi taqiqlanadi
16.08.2022, 11:07
-
Davlat organlarida fuqarolik xizmatini o‘tash tartibi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi
09.08.2022, 15:36
-
Davlat xizmatchisi tajriba va salohiyatga qarab tanlanadi
05.08.2022, 18:19
-
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot muammolarga yechim topishning eng maqbul yo‘li
04.08.2022, 16:36
-
ShHT — do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
02.08.2022, 12:21
Fikringizni qoldiring