Deputat Konstututsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirdi

29.06.2022, 17:37

Deputat Konstututsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirdi

Oliy Majlis Qonunuchilik palatasi deputati Toxir Axmadaliyevning navbatdagi uchrashuvi Baliqchi tumanidagi "Ilg‘or", "Serquyosh " va "Aralxon" MFY aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda Konstututsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi. 

Deputat nutqi davomida huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan bugungi kunda amaldagi konstitutsiyani davr talablari darajasiga olib chiqish, ya’ni uni tegishli boblar va moddalar bilan o‘zgartirish, zarur qo‘shimchalar kiritish zarurati tug‘ilib qolganligini, jahonda ro‘y berayotgan bugungi o‘zgarishlar, aynan shunday yo‘l tutishimiz kerakligini, bu haqda davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham alohida ta’kidlab o‘tilganligini qayd etdi.

Barcha sa’y-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritilayotgan barcha o‘zgartirishlarning negizida O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganligini ko‘rishimiz mumkin.

  • Ko'rildi
    363
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+