Konstitutsiya huquqimiz poydevori

29.06.2022, 17:38

Konstitutsiya huquqimiz poydevori

Ma’lumki, joriy yilning 25 iyunidan mamlakatimizda “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi boshlandi.

Partiyamiz ham jonajon O’zbekistonimizning ertangi taqdirini belgilovchi bu muhim jarayonda umumxalq muhokamalarini tashkil etish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Partiya Toshkent viloyat Kengashi ham ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarni samarali tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatib, deputatlar, siyosatshunoslar, olimlardan iborat partiya faollari bilan birgalikda joylarda keng aholi qatlamlari, tashkilot va muassasalarda ochiq muhokama tadbirlarini  tashkil etyapti, konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar mohiyatini yetkazmoqda.

Mana shunday ochiq muhkamalardan biri O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tashabbusi bilan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat Kengashi majlislar zalida Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam"  mavzusida o‘tkazildi.

“Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” degan tamoyil asosida uyushtirilgan tadbirda partiya Toshkent viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Nikolayevich Pak, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat Kengashi raisi Murod Nasirov, partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudirlari, tuman va shahar Kengashlari apparat rahbarlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi mas’ul xodimlari, faollar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan partiya viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga bo‘lgan ehtiyoj xalqimizning xohish istagi, siyosiy irodasi, ezgu maqsadlari ifodasi hamda demokratik islohotlarning mantiqiy davomi o‘laroq vujudga kelganini alohida ta’kidladi.      

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Nikolayevich Pak bugun yurtimizda kechayotgan islohotlar haqida so‘zlarkan, unda mamlakat aholisining turli qatlamlarining yuqori saviyada ishtirok etayotganiga alohida urg‘u berdi.

Konstitutsiyaviy komissiyaga xalqimizdan 60 mingdan ortiq takliflar kelib tushgani jamiyatimizda fuqarolik jamiyati, xalqimizda esa davlat taqdiriga daxldorlik hissi shakllanganligidan dalolat berishini ta’kidladi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish nazarda tutilayotgani, jumladan, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilayotgani borasida ma’lumot berdi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarning aksariyati mazmun-mohiyatiga ko‘ra inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishdek ezgu maqsadlarga qaratilayotganini qayd etdi.

  • Ko'rildi
    1374
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+