Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi Navoiyning eng olis hududida tashkil qilindi
29.06.2022, 17:40

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Tulegenova, Navoiy viloyat apparat rahbari M.Eshniyozov, Oliy Majlis Senati a’zosi Z.Tulekova hamda tuman kengashi deputatlari, tuman hokimligi appparat xodimlari, maktab direktorlari, mahalla raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Tulegenova Konstitutsiyaviy qonun loyihasi va uni ishlab chiqilish tartibi, xorijiy mamlakatlar tajribasi, 60 ta moddaga 200 dan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi va bu keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Tomdi tumani aholisi yuqoridagi o‘zgarishlarni vatanimizga munosib o‘zgarishlar deb baholab, Konstitutsiyaviy qonun loyihasini qo‘llab quvvatlashini, tadbirda ishtirok etganlar ham o‘zlari rahbarlik qilayotgan tashkilot xodimlariga ushbu qonunning mazmun-mohiyatini yetkazishda jonbozlik ko‘rsatishlarini bildirishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Davlat xizmatchilariga tadbirkorlik muassisi bo‘lishi taqiqlanadi
16.08.2022, 11:07
-
Davlat organlarida fuqarolik xizmatini o‘tash tartibi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi
09.08.2022, 15:36
-
Davlat xizmatchisi tajriba va salohiyatga qarab tanlanadi
05.08.2022, 18:19
-
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot muammolarga yechim topishning eng maqbul yo‘li
04.08.2022, 16:36
-
ShHT — do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
02.08.2022, 12:21
Fikringizni qoldiring