Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga takliflar berildi

29.06.2022, 17:50

Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga takliflar berildi

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Mana shunday targ‘ibot tadbirlarining biri Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimligida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmahamatova mamlakatimiz Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar, parlament quyi palatasida bildirilgan fikrlar va tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyati haqida batafsil axborot berdi.

Qayd etilganidek, qonun loyihasi bilan sifatli va malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, ta’limni rivojlantirish, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, fuqarolik jamiyati institutlarining maqomini va ekologik muhofaza kabi masalalar konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda.

Tadbirda konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha bir qator takliflar berildi.

  • Ko'rildi
    345
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+