Umumxalq muhokamasida norinliklar ham faollik ko‘rsatmoqda

29.06.2022, 17:51

Umumxalq muhokamasida norinliklar ham faollik ko‘rsatmoqda

Norin tuman hokimligida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida nazarda tutilgan eng asosiy normalar ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

Dastlab, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xudoyberdiyev deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Muloqotda barcha soha mutaxassislari tomonidan joylarda aholi bilan bo‘layotgan suhbatlarda zarur takliflar o‘rganilishi, ularni Konstitutsiyaviy komissiyaga yuborishni tashkillash zarurligi ta’kidlandi.

Qatnashchilarning konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari ham tinglandi.

Shuningdek "To‘da", "Toshqin", "Qo‘rg‘oncha", "Qo‘shariq", "Otbozor" mahallalari fuqarolari vakillari hamda pedagogika kolleji pedagogik jamoasi ishtirokida ham muloqot tashkil qilindi.

Qatnashchilar konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini ham bildirdilar.

Tadbir so‘nggida kollej jamoasiga "Yangi O’zbekiston strategiyasi" kitobi hamda partiya Tashakkurnomasi topshirildi.

  • Ko'rildi
    323
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+