Inson qadrini yuksaltirish davlat hokimiyati organining konstitutsiyaviy burchi bo‘lmog‘i kerak
29.06.2022, 17:53

Ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy ham insonni qiynayotgan muammolar to‘g‘ri hal etilib, uning qadri joyiga qo‘yilsa, albatta el shod, mamlakat obod bo‘ladi, deb yozganlar. Chindan ham inson munosib sharoitda ta’lim-tarbiya olib, farovon hayot kechirgan taqdirdagina, jamiyat va davlat uyg‘unlikda barqaror rivojlanadi.
Shuning uchun ham, bugungi kunda jahon miqyosida inson huquq va erkinliklariga, ushbu tushunchalar bilan bog‘liq reyting va standartlarga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. Inson qadrini yuksaltirish esa davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i kerak. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ushbu tamoyillar ham ifoda etilmoqda. Bandixon tumanida Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ayni shu jihatlar haqida so‘z bordi.
Shuningdek, konstitutsiyaviy qonun loyihasida ko‘rsatilgan moddalardagi o‘zgartirishlar tushuntirib berildi. Jumladan, 24-,25-,27-moddalardagi umuminsoniy tamoyillarga asoslanib kiritilgan o‘zgartirishlardan misollar keltirildi.
O’zLiDeP Surxondaryo vilyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
-
Energiya ta’minotida burilish davri boshlanmoqda
15.05.2023, 17:43
Fikringizni qoldiring