Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida keng muhokama qilinmoqda

04.07.2022, 14:30

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida keng muhokama qilinmoqda

Ayni paytda o‘z saflariga 6596 nafar maslakdoshlarimizni biriktirgan O'zLiDeP Zomin tuman Kengashi tarkibidagi Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida ham O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri - tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi qoshida faoliyat olib borayotgan  BPTda ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari hamda elektorat vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab konstitutsiyaviy islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va tarixiy zaruriyati haqida so‘z yuritildi

-Bosh Qomusimiz Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda asosiy hujjat bo‘lishi va yanada mukammal bo‘lishi lozim, - deydi BPT raisi N.Xo‘jamqulova. -  Endilikda konstitutsiyamizda “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyillari va shu singari ezgu g‘oyalar aks etadi. Bu esa Konstitutsiyamizni yanada xalqchil, demokratik prinsiplarga to‘liq javob beradigan Baxtimiz Qomusiga aylanishini ta’minlaydi.

Tadbir davomida deputatlar va partiya faollari ham Konstitutsiyaga  o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi yuzasidan  o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Primqul Nurmatov,

O'zLiDeP Zomin tuman Kngashi

apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    335
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+