Konstitutsiyaviy islohotlarda tadbirkorlik daxlsizligi kafolatlanmoqda

04.07.2022, 14:34

Konstitutsiyaviy islohotlarda tadbirkorlik daxlsizligi kafolatlanmoqda

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi qoshidagi "MYeXMASh" mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti bilan hamkorlikda Konstitutsiyaviy islohotlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilayotganligi, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi asosiy xalqaro standartlar; milliy qonunchilik, qadriyatlar va huquqni qo‘llash amaliyoti, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi; ilg‘or xorijiy tajriba – 100 dan ortiq mamlakat konstitutsiyalari, ulardan 20 tasi so‘nggi 5 yilda qabul qilinganligi gapirildi.                                                                                        

Deputat  S.Gapparova Konstitutsiyaviy tuzatishlar, birinchi navbatda, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning muayyan shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini kafolatli tarzda ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanishini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida korxona xodimlari tomonidan aniq takliflar berildi.

  • Ko'rildi
    197
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+