Konstitutsiya – huquq va erkinliklar kafolati

04.07.2022, 14:36

Konstitutsiya – huquq va erkinliklar kafolati

O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi tashabbusi bilan "Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi" davlat muassasasi Nurobod hududiy boshqarmasi qoshidagi partiya boshlang‘ich tashkilotida tuman hokimligi, tuman ichki ishlar bulimi, Nuroniy va Mahalla jamg‘armalari bilan hamkorlikda tashkilot ishchilari, partiya faollari, BPT raislari ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlar - inson qadri uchun” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

“Insonning qadr-qimmati, asosiy huquq va erkinliklari daxlsiz, ajralmasdir, ular har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi” degan taklif ilgari surildi, - deydi O'zLiDeP Nurobod tuman Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi raisi Abduraxmoan Sharipov  - Hozirgi vaqtda Konstitutsiyamiz normalarini hayotga to‘la tatbiq etish, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash borasidagi izchil siyosatimizni asosiy qonunimizda mustahkamlash, inson huquqlarini ta’minlash uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.

Tadbirda mavzu yuzasidan keng muhokamalar olib borildi. Davra suhbati yakunidan takliflar yig‘ib olindi. Ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga xalq vakillari tomonidan atroflicha javoblar berib o‘tildi.

Marhabo Usanova,

O'zLiDeP Nurobod tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    477
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+