Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati saylovchilarga yetkazilmoqda

04.07.2022, 14:38

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati saylovchilarga yetkazilmoqda

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Qosim Qarshiyev tomonidan 46-Po‘latchi saylov okrugiga qarashli Parchaqora, Mangitobod, Novchandir, Parcha chandir mahallalarida hamda tumandagi 18 va 29 maktabda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda mahalla faollari, yoshlar va hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati hamda konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha o‘zgartishlar bo‘yicha keng ma’lumotlar berildi.

Tadbir savol-javoblar bilan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Xususan, saylovchilar tomonidan ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘llarning ta’mirtalabligi, simyog‘ochlarning eskirganligi, fuqarolar hayotiga xavf solayotganligi yuzasidan murojaatlar bo‘ldi. Deputat mazkur murojaatlarni o‘ziga yozib olib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi orqali chiqib, muammolarni o‘z nazoratiga olishini ma’lum qildi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    302
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+