Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga BPT faollari o‘z takliflarini bildirdi

04.07.2022, 14:40

Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga BPT faollari o‘z takliflarini bildirdi

O’zLiDeP Yunusobod tuman Kengashi va “O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Zaxidov, O’zLiDeP Yunusobod tuman Kengashi vakillari, partiya faollari va mazkur davlat unitar korxonasi ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tadbir ishtirokchilariga tushuntirib o‘tildi.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    184
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+