Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi davom etmoqda

05.07.2022, 15:14

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi davom etmoqda

Ma’lumki, ayni kunlarda mamlakatimiz miqyosida “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi o‘tkazilmoqda.

Shundan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Mirzamova Barnoxon o‘zinig saylov okrugida aholi o‘rtasida muhokama yig‘ilishlarini o‘tkazib kelmoqda.

Galdagi muhokama Namangan viloyatining Davlatobod tuman hokimligi majlislar zalida hokimlik apparati hodimlari o‘rtasida o‘tkazildi.

Tadbirda deputat Mirzamova Barnoxoning yordamchisi F.Ahmedov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati S.Gapparova va Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri T.Abdullayevlar ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni, Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Xususan, notiqlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi amaldagi Konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirishlar hamda 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritishni nazarda tutayotgani, ularning aksariyati mazmun-mohiyatiga ko‘ra, “Inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlashga qaratilganini ta’kidlab o‘tishdi.

Muhokama yig‘ilishlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    279
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+