O'zLiDeP deputatlari Mingbuloqda tashkil etgan yangi korxonada 200 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlandi

05.07.2022, 15:16

O'zLiDeP deputatlari Mingbuloqda tashkil etgan yangi korxonada 200 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlandi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari, aka-uka tadbirkorlar Olimxon va G’iyosiddin Babaxanovlar tomonidan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni doimiy ish bilan band etish borasida amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Bunda asosiy e’tiborni, deputatlar boshqarib kelayotgan “ART SOFT HOLDING” kompaniyasi tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish va yangi loyihalarni amalga oshirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlashga qaratishmoqda.

Ayni shu maqsadda, Mingbuloq tumani, Gigant qishlog‘i Mehnatobod mahallasida loyiha umumiy qiymati 3 million AQSh dollariga teng zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Art Soft Gigant” tikuvchilik korxonasi tashkil etildi.

Hozirgi kunda korxonada 200 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlanib, ular tomonidan eksportbop erkaklar, ayollar va bolalar trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Eng asosiysi endilikda ular korxonada doimiy ish bilan ta’minlanish bilan birga, oylik daromadga ham ega bo‘lishdi.

  • Ko'rildi
    88
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+