Mehnatga munosib rag‘bat zarur
05.07.2022, 16:22

Insonning mehnatga va munosib hayot sharoitlariga, ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqlarining ishonchli himoyasini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish – konstitutsiyaviy islohotlarning muhim maqsadidir.
Mamlakatimizda o‘tgan qisqa davrda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida joriy etilgan “temir”, “ayollar”, “yoshlar” daftarlari, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimlari o‘zining dastlabki ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq, mazkur ishlar muntazam, tizimli amalga oshirilishi, ortga qaytmaydigan jarayonga aylanishi uchun mustahkam konstitutsiyaviy kafolat lozim. Ayni mana shu jihatlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan o‘rin olgan.
Boysun tumani hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbatida ushbu mavzuga alohida urg‘u berildi. Yana Asosiy qonunimizda har bir shaxsning qulay mehnat sharoitida ishlash, mehnati uchun munosib haq olish huquqini mustahkamlanayotgani aytib o‘tildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati H.Xo‘jamqulov, viloyat IIB boshlig‘i A.Ismoilov hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, qonun loyihasidagi boshqa jihatlar ham batafsil tushuntirildi. Bu borada jamoatchilikning taklif va mulohazalariga ham quloq tutildi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Davlat xizmatchilariga tadbirkorlik muassisi bo‘lishi taqiqlanadi
16.08.2022, 11:07
-
Davlat organlarida fuqarolik xizmatini o‘tash tartibi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi
09.08.2022, 15:36
-
Davlat xizmatchisi tajriba va salohiyatga qarab tanlanadi
05.08.2022, 18:19
-
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot muammolarga yechim topishning eng maqbul yo‘li
04.08.2022, 16:36
-
ShHT — do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
02.08.2022, 12:21
Fikringizni qoldiring