Aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirish belgilanmoqda

06.07.2022, 16:40

Aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirish belgilanmoqda

O’zLiDeP Bektemir tuman Kengashi tomonidan tuman hokimligida nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirokida “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni O'zLiDeP Bektemir tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Furqat Qalandarov ochib berdi va olib bordi.

Tadbirda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati hamda konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha o‘zgartishlar bo‘yicha tadbir ishtirokchilariga keng ma’lumotlar berildi.

Bosh qomusimizda fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirish belgilanmoqda. Bunda: nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan turli cheklovlar o‘rnatish, shuningdek ularning ob’ektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan bo‘yin tovlash taqiqlanmoqda. Davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirishga, ularga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratishga hamda o‘zining hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rishi belgilanmokda, davlat ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi, davlat pensiyalarini, nafaqalarini va ijtimoiy yordam ko‘rsatishning boshqa turlarini tayinlashi mustahkamlanmoqda. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam ko‘rsatishning boshqa turlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lishi mumkin emasligi aniq ko‘rsatilmoqda. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ularning ish haqini kamaytirishning taqiqlanishi, bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish qonunga binoan javobgarlikka sabab bo‘lishi Konstitutsiya bilan belgilanmoqda.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir savol-javoblar bilan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    183
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+