Konstitutsiyaviy islohotlar: Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi shart

06.07.2022, 16:42

Konstitutsiyaviy islohotlar: Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi shart

Bosh Qomusimizga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda barcha islohotlar, barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun degan tamoyilga to‘la amal qilinayotgani quvonchli, albatta. O‘zLiDeP  Andijon tuman Kengashi tomonidan "Baxridil-imkon rivoji" MChJ qoshidagi partiya quyi bo‘g‘inida o‘tkazilgan "Mening Konstitutsiyam" mavzusidagi uchrashuvda mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari,  yoshlar, faxriylar ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘z olganlar takliflarning bosh maqsadi ham ayni tamoyilni o‘zida aks ettirishi maqsadga muvofiq ekanligini e’tirof etdilar.

-Masalan, “Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi shart”, degan normaning Asosiy Qonunda namoyon bo‘lishi mamlkatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning qadri baland, inson degan oliy tushunchaga muvofiq ekanini anglatadi, - deydi xalq deputatlari Andijon tuman Kengashi deputati Nodirbek Malikov. - Kiritilayotgan mazkur band yurtimizda ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarning qadr-qimmati ta’minlanishini kafolatlaydi. Demak, mahbuslarga nisbatan ham g‘ayriinsoniy munosabat ta’qiqlanadi. O’zbekistonda fuqaro qilgan jinoyati uchun qonuniy jazolanadi va har qanday tashqi tazyiqlar o‘tkazish ta’qiqilanadi.

Ushbu qoida bilan mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa insoniylikdan chetdagi munosabatlarda bo‘lishdan himoyalanish huquqiy garov bo‘lib xizmat qiladi.

Ishtirokchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi va takliflar yozib olindi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    177
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+