Konstitutsiyaviy qonun loyihasinining targ‘iboti quyi bo‘g‘inlarda ham o‘tkazilmoqda

06.07.2022, 16:43

Konstitutsiyaviy qonun loyihasinining targ‘iboti quyi bo‘g‘inlarda ham o‘tkazilmoqda

O’zLiDeP Vobkent tuman Kengashining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari,  Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shamsiya Saidova o‘z saylov okrugi hududidagi “Xalach” MFY aholisi hamda 10-son qishloq oilaviy poliklinikasi shifokor va hamshiralari ishtirokida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasinining targ‘ibotiga bag‘ishlab davra suhbatlari o‘tkazdi.

Tadbirda amaldagi Konstitutsiya mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuq va katta o‘zgarishlarning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lganligi, hozirgi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda Bosh Qomusimizni jamiyatdagi real voqelikka, Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasidagi ulkan marralarga, shiddatli islohotlar o‘zaniga moslashtirish bugungi kunning asosiy talabi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, berilgan savollarga to‘laqonli javoblar berildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    343
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+