“SAFIRA” MChJ klinikasida Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

06.07.2022, 16:45

 “SAFIRA” MChJ klinikasida Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

G’ijduvon tumani markazidagi 45 o‘ringa mo‘ljallangan “SAFIRA” MChJ klinikasida O’zLiDeP Buxoro viloyat va tuman Kengashi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida mamlakatimizda kechayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni, partiya barcha bo‘g‘inlarining bu boradagi mas’uliyati va o‘rni xususida so‘z bordi.

-Davlatimiz rahbari tomonidan Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 14 ta taklif O’zLiDeP g‘oya va maqsadlariga to‘la mos keladi, -deydi “SAFIRA” MJCh rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Gulbahor Sharapova. - Xalqimiz salomatligini, xususan onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, biz soha hodimlarini ham partiya mas’ullarini ham o‘z faoliyatimizga yangicha yondashishni talab etmoqda.

Davra suhbati ishtirokchilaridan “G’ijduvon Mashhurasi” xususiy korxonasi rahbari, tuman Kengashi deputati Zamira Safarova, O’zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudirlari R.Salixova, R.Zagretdinov, F.Pirnazarov, partiya tuman Kengashi apparati rahbari G’olib Po‘lotov va boshqalar ham tadbirda so‘z olib mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Shu kuni bu yerda partiya quyi bo‘g‘ini ham tashkil etilib, BPT raisligiga Sardorjon Axtamov saylandi. Milliy bankning tuman bo‘limidan ajratilgan 2 mlrd so‘m kredit evaziga o‘z faoliyatini boshlagan 45 o‘ringa mo‘ljallangan “SAFIRA” MChJ klinikasi  partiya faoli Gulbahor Sharapova tomonidan tashkil etilgan yagona davolash muassasasi emas. Bundan birmuncha vaqt oldin deputat G.Sharapova sa’y-harakati bilan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan “MARJON STOM SERVIS, "G’IJDUVON DIAGNOSTIKA MASKANI" xususiy korxonalarida ham boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuzilgan bo‘lib, maslakdoshlar tomonidan joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan O’zLiDeP safiga qabul qilinganlarga a’zolik guvohnomalari tantanali  ravishda topshirildi.

Tadbir doirasida O’zLiDeP mas’ullari va faollari, mahalliy Kengash deputatlari tibbiyot sohasining yetuk mutaxassisi, viloyat Kengashi deputati G.Sharapova tomonidan tashkil etilgan “SAFIRA” MChJ klinikasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    170
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+