Partiya tayanch bo‘g‘inida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama etildi

06.07.2022, 16:50

Partiya tayanch bo‘g‘inida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama etildi

Ayni kunlarda barchamiz “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi  Kostitutsiyaviy Qonun loyihasinining umumxalq muhokamasidan o‘tayotgani jarayonining guvohi bo‘lyapmiz.

Mazkur masalaga bag‘ishlab Jondor tuman mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi huzurida tashkil etilgan partiya quyi bo‘g‘inida O’zLiDeP tuman Kengashi mas’ullari va faollari, mahalliy Kengash deputatlari, MFY raislari va maxallalardagi ayollar faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O’zLiDeP tuman Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati J. Ashurov ishtirok etib, bugungi kunda amaldagi Bosh qomusimizni davr talablari darajasiga olib chiqish zarurati tug‘ilganligini, jahon siyosiy maydonida ro‘y berayotgan ijobiy va salbiy o‘zgarishlar, aynan shunday yo‘l tutishimiz kerakligini yurtboshimiz tomonidan joriy yilning 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham alohida ta’kidlab o‘tilganligi, darhaqiqat, hayotimizning bundan keyingi farovonlashuvi ushbu muhim hujjatning har tomonlama pishiq-puxta ishlab chiqilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligini qayd etdi. 

Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritilayotgan ushbu o‘zgartirishlarning  negizida O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganligi alohida ta’kidlandi.

 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    194
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+