Konstitutsiyaviy islohotlar zamirida oila va xotin-qizlar manfaatlari ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan

06.07.2022, 16:52

Konstitutsiyaviy islohotlar zamirida oila va xotin-qizlar manfaatlari ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan

O’zLiDeP Samarqand tuman Kengashi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘grisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Samarqand tumani hokimligida tashkil qilingan tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, O’zLiDeP tuman Kengashi va mahallalar xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, partiya tuman Kengashi raisi A.Umarov shu kunlarda mamlakatimizda kechayotgan muhim siyosiy jarayon – Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining muhokamasi hamda Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida oila va xotin-qizlar masalalari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.

-Konstitutsiyaviy qonun loyihasida gender tengligi, oila va xotin-qizlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu qo‘shimcha va o‘zgartirishlar xalqimiz, xotin-qizlar tub manfaatlariga xizmat qiladi,-deydi  Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, partiya tuman Kengashi raisi A.Umarov.

Marxabo Chuliyeva,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    257
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+