Oila institutini takomillashtirish istiqbollariga oid qator taklif va tavsiyalar bildirildi

06.07.2022, 16:53

Oila institutini takomillashtirish istiqbollariga oid qator taklif va tavsiyalar bildirildi

O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashi tomonidan “Farovon oila” loyihasi doirasida “Oila ma’naviyat bulog‘i” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

O’zLiDeP tuman Kengashi, oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi tuman bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, FXDYo, tuman Otin oyisi, mahallalardagi xotin-qizlar bilan ishlovchi xodimlar, mahalla faollari ishtirok etgan tadbirda oila institutining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi.

Aytish joizki, mamlakatimizning har tomonlama ravnaq topishida jamiyatdagi oilalarning farovonligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mahalalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit barkamol avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilib, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, xotin-qizlarning roli hamda mavqeini yanada mustahkamlashda muhim tayanch bo‘lmoqda. Mahallalarda xotin-qizlar faollarining faoliyat yuritayotganligi bugungi kunda xotin-qizlarga bildirilayotgan ishonchning na’munasidir.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati ishtirokchilarga keng ma’lumotlar berildi.

Mutaxassislar tomonidan oila institutini takomillashtirish istiqbollariga oid qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Marhabo Chuliyeva,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    177
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+