Kuchli o‘rta sinf – barqaror iqtisodiyot – farovon mamlakat

03.10.2014, 19:01

Kuchli o‘rta sinf – barqaror iqtisodiyot – farovon mamlakat

Kuni kecha Toshkentda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi VIII majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Siyosiy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, Ijroiya qo‘mita apparati mas’ul xodimlari, hududiy partiya tashkilotlari rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, BPTlar yetakchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi

Majlisda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovdagi ishtirokini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Alohida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda demokratik islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va fuqarolik jamiyatining rivojlanib borishi, saylov jarayonlarini tartibga soluvchi normalarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalarning kiritilgani siyosiy partiyalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitining shakllanishi hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faol ishtirok etishiga zamin yaratmoqda. 

Saylov qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar saylov erkinligi prinsipini to‘la ro‘yobga chiqarish, saylovoldi targ‘ibotini o‘tkazish davomida deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar uchun teng sharoit yaratish, saylov ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash hamda vakillik organlariga munosib nomzodlarning saylanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, qonunda belgilangan tartib va me’yorlar demokratik tamoyillar va saylov jarayonida munosib deputatlikka nomzodlarni saylashda qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan parlament palatalarining qo‘shma majlisida taqdim etilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»da saylov erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan qo¬nunchilik tashabbuslari, shub¬h¬asiz, saylov jarayonlarini yanada erkinlashtirishda muhim omil bo‘l¬di.

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi joriy yil 15 sentyabrdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat,¬ tuman va shahar kengashlariga saylov bo‘yicha saylov kampaniyasini e’lon qildi. Saylov bu, eng avvalo, xalqimizning davlat hokimiyati organlarida o‘z vakillari orqali boshqaruvda ishtirok etishdek Konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish hamda mamlakatimizdagi demokratik jarayonlarning yorqin ko‘zgusidir. Ana shunday mas’uliyatli, muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan saylov kampaniyasida munosib ishtirok etish O`zLiDePning asosiy maqsadidir.

— Bugun biz mamlakatimiz siyosiy maydonida o‘zining dadil odimlari bilan e’tiborni qozongan, tadbirkor hamda fermerlar ishonchiga kirgan partiyamizning nihoyatda muhim imtihonga tayyorgarlik ishlarini yana bir bor muhokama qilishga yig‘ildik, — dedi majlisda ma’ruza qilgan O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Codiqjon Turdiev. — Dunyoning taniqli olimlari, davlat arboblari, iqtisodchilar O‘zbekistondagi beqiyos o‘zgarishlarga tan berayotgan, taraqqiyotning «o‘zbek modeli» asoslarini chuqur tahlil qilib, uni xalqaro miqyosda o‘rganish lozimligini e’tirof etayotgan bir paytda siyosiy partiyalarning saylovga jiddiy hozirlik ko‘rayotgani bejiz emas, albatta. Bu jarayon O`zLiDeP zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

2003 yilning 15 noyabrida ta’sis etilgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi mamlakatimizda mustaqillik sharofati bilan paydo bo‘lgan sinf — tadbirkorlar, fermerlar, ishbilarmonlar va ishlab chiqaruvchilar, ya’ni mulkdorlar qatlamining siyosiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilib kelmoqda. 

Partiya tashabbuskor guruhi a’zolari bilan o‘tkazilgan tarixiy uchrashuvda Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston taraqqiyoti, uning og‘ir-engilini o‘z yelkasi, o‘z mas’uliyatiga olishga bugun siyosiy kuch sifatida birlashayotgan, mamlakatimizda katta salohiyatga ega bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar toifasi haqlidir, deya fikr bildirgan edilar. O`zLiDePning o‘tgan davrdagi faoliyatini chuqurroq tahlil qiladigan bo‘lsak, haqiqatan ham aynan o‘rta qatlam vakillarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilganini ko‘rishimiz mumkin. 2004 va 2009 yillardagi saylovlarda ko‘pchilik ovoz to‘plagan paytimizda esa bunday e’tibor yangicha mazmun kasb etdi. 

Mana, oradan ma’lum bir davr o‘tib, O`zLiDePning siyosiy maydondagi mavqei yanada mustahkamlandi. Elektorat ishonchi ortdi. Xo‘sh, partiya bo‘lajak saylovga qanday amaliy ishlar bilan kirib kelmoqda? Ushbu savol ayni paytda har bir safdoshimizni o‘ylantiryapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

E’tirof etish joizki, bu davrda demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasidagi vazifalarni bajarishga ustuvor ahamiyat berildi. Bu borada 6 ta aniq maqsadli partiyaviy loyiha amalga oshirildi. Ularda iqtisodiyotni boshqarish tizimini izchil takomillashtirish va liberallashtirish, xususiy mulk, tadbirkorlik va fermerlik harakatining huquqlari kafolatini kengaytirish, kichik biznes ulushini oshirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari qamrab olindi. 

Bundan tashqari, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida mamlakat miqyosida bevosita partiya elektorati bilan ishlash yo‘nalishida 878 ta seminar va davra suhbati uyushtirildi. Ularda 176 ming 868 nafar tadbirkor hamda fermer faol ishtirok etdi. Shuningdek, partiyaning yirik loyihalaridan biri — «Tadbirkorlar muloqot forumi» doirasida 56 ta amaliy tadbir tashkil etilib, ularda bildirilgan 200 dan ortiq taklif va mulohaza parlamentdagi fraksiyamizning qonunchilik faoliyatida muhim o‘rin tutganligini e’tirof etish lozim.

O`zLiDeR Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining «Mamlakatda 2014 yilda oziq-ovqat sanoati sohasida amalga oshiriladigan manzilli dasturlarning ijrosi yuzasidan joylarda faol jamoatchilik va partiyaviy nazoratni ta’minlash to‘g‘risida»gi qarori asosida oziq-ovqat sanoatida hududlardagi investisiyaviy loyihalarning to‘laqonli bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borilishini ta’minlashda ham muayyan natijalarga erishildi.

Hisobot davrida O’zLiDePning hamkor tashkilotlari — ¤zbekiston Fermerlari kengashi hamda partiya ta’sischiligidagi Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan birgalikda qishloq mulkdorlari hamda tayyorlov-ta’minot korxonalari o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining to‘la bajarilishi bo‘yicha muntazam monitoring ishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, O’zLiDePning Saylovoldi dasturiga mos ravishda fermerlar faoliyatiga qo‘shimcha ishlab chiqarishni jalb etish orqali qishloqqa sanoatni olib kirish masalalaridagi hamkorlik yaxshi samara bermoqda. Natijada bugungi kunda mavjud fermer xo‘jaliklarining 36600 dan ortig‘i ko‘p tarmoqli sub’ektlarga aylantirildi. Ushbu masalalarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlarining imkoniyat va vakolatlaridan ham samarali foydalanildi. 

— Xususan, ijro hokimiyati idoralari rahbarlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalariga doir o‘tkazilgan 469 ta eshituvning 252 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga qaratildi, — dedi partiyaning parlament quyi palatasidagi fraksiyasi rahbari Baxtiyor Yakubov. — Shu orqali hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari soni oshishi, fermer xo‘jaliklarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ko‘p tarmoqli sub’ektga aylantirish hisobidan 450 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishiga ko‘maklashildi. 

O‘tgan davrda, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ham partiyaning ustuvor yo‘nalishlari uyg‘un ijro etildi. Bunda asosiy e’tibor ayollar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish masalalari yechimiga qaratildi. «Ishbilarmon talaba», «Parlamentda mening o‘rnim», «Agar men deputat bo‘lsam...», «Diplom bilan — biznesga» singari maxsus loyihalarda 174 ming nafarga yaqin yosh ishtirok etib, ularning siyosiy-ijtimoiy, huquqiy-iqtisodiy bilim hamda ko‘nikmalari oshirildi. Shu o‘rinda birgina «Diplom bilan — biznesga-2014» loyihasida ishtirok etgan  bitiruvchilardan 1151 nafariga mikrokreditlar olish uchun maxsus sertifikatlar topshirilganini ham aytib o‘tish kerak.

«Ishbilarmon talaba» stipendiyasi ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari safi ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Misol uchun, bu yilgi tanlovning quyi bosqichida 900 ga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kollejining qariyb 6000 nafar yoshi ishtirok etdi. 2004-2014 yillar kesimida bu raqam 36 mingni tashkil etmoqda. Eng asosiysi, loyihada ishtirok etgan yoshlarning 5 mingdan ortig‘i ayni paytda tadbirkorlik, fermerlik va kasanachilik bilan shug‘ullanmoqda.

— Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hisobot davrida 1500 dan ortiq partiyaviy tadbir, xususan, «Oilaviy tadbirkorlikdan — mustahkam oilaga», «Sog‘lom oila — mustahkam oila», «Tadbirkorlik tamoyillari va ishbilarmonlik imkoniyatlari» nomli maxsus loyihalar amalga oshirildi, — deydi O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Muxlisa Akramova. — Ularda 100 mingdan ortiq opa-singlimiz ishtirok etdi.

Majlisda partiya qurilishi sohasida tashkiliy-kadrlar bilan ishlash yo‘nalishi har doim eng muhim vazifa bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolishi alohida ta’kidlandi. Shuning uchun ham partiya Dasturida belgilangan maqsad va vazifalar hamda Prezidentimiz Konsepsiyasidan kelib chiqadigan O’zLiDePning amaliy harakatlari doirasida barcha tuman (shahar) partiya tashkilotlari rahbarlarining nazariy-amaliy bilimlari va kasbiy mahoratini oshirish uchun maxsus mintaqaviy o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Siyosiy ta’lim markazlari tomonidan 324 ta o‘quv-seminar uyushtirilib, ularda qatnashgan 12500 nafarga yaqin partiya a’zolaridan 277 nafari kadrlar zaxirasiga olindi.

Partiya qurilishi, tashkiliy-kadrlar bilan ishlash masalasida so‘z borar ekan, deputatlik guruhlari tomonidan hududlarda kechayotgan islohotlarga xalaqit berayotgan kamchilik va nuqsonlarni aniqlash, ularni ochiq, oshkora va amaliy ruhda muhokama qilib, yechimiga doir maqbul yo‘llarni taklif etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlash kerak. Buni 2014 yilning 9 oyi davomidagi faoliyat natijalarida ham ko‘rish mumkin.

Bu vaqt oralig‘ida deputatlik guruhlari tomonidan tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga 3120 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lsa, 469 ta mansabdor shaxsning hisoboti eshitildi. Shuningdek, 280 ta nazorat-tahlil faoliyati amalga oshirildi. 

Saylovoldi platformamiz talablari hamda elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, xalq deputatlari mahalliy kengashlari doimiy komissiyalariga 385 ta taklif kiritildi. Ularning 72 tasi sessiyalarda ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilinishiga erishildi.

Kezi kelganda, partiya a’zolari soni 2014 yilning 1 yanvariga nisbatan 53200 taga ko‘payib, 231 ming nafarga yetgani, boshlanQich tashkilotlar soni esa 2014 yil 1 yanvariga nisbatan 1400 taga ko‘payib, 9171 tani tashkil etganini e’tirof etish lozim. 

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan senator Abdurashid Altiev, Xorazm viloyati Fermerlar kengashi raisi Bahodir Tojiev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zolari To‘lqin Tursunov va Abdurashid Jo‘raboyev, Andijon viloyatidagi «Gulsum» xususiy ishlab chiqarish korxonasi  rahbari Tohirjon Tolipov va boshqalar qayd etganidek, saylov bu targ‘ibot-tashviqot bilan chambarchas bog‘liq jarayondir. Shuning uchun ham yil boshidan buyon har oyda partiya tuzilmalari faoliyatini, jumladan, O`zLiDePning 2009 yildagi Saylovoldi dasturi ijrosi, partiyaning 2014 yildagi saylovda ilgari surayotgan asosiy g‘Qoyalari bilan aholini tanishtirishga doir tadbirlarni yoritish bo‘yicha maxsus media-reja ishlab chiqildi.

Majlis yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

«XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasi 2014 yil 2 oktabr, 39 (567)

  • Ko'rildi
    2391
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Х.Алимова Қувасой шахар Кенгаши ижрочи котиби2018-05-22 09:14:01

Давлатимиз рахбари томонидан хар бир сохадаги муаммоларни ўз вақтида хал этиш мақсадида қабул қилинаётган қарор ва фармонлар Ватанимиз тараққиётини ривожланишига асосдир. Айнан ННТларни фаолиятини ривожлантириш йўлида қабул қилинган фармон хам ННТлани янада фаолиятларини ривожлантиришга туртки бўлди. Соха ходимларини қийнаб келаётган муаммолари ўз ўзидан ҳал бўлади.


Д.Изетуллаев O'zLiDeP туман кенгаши раиси2018-05-15 17:07:39

Хакикатдан ННТларимизни қийнаб келаётган муаммо – бино масаласи эди. Фармонга кўра, ҳудудларда “Нодавлат нотижорат ташкилотлари уйлари”ни ташкил этилиши ижара тўловининг “ноль” ставкасини қўллаган ҳолда мазкур бинога жойлаштирилиши ННТлар учун кенг имкониятлар эшигини очиб бериши аник.


А.Холиков- O'zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-15 16:37:13

Мамлакатимизда фуқаролик жамияти институтлари самарали фаолият юритиши учун норматив-ҳуқуқий база мунтазам такомиллаштириб борилмоқда.


Айбек Матчанов-O'zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши депутатлик гурухи рахбари2018-05-15 15:04:13

Ҳаракатлар стратегиясида белгиланган вазифаларни самарали амалга ошириш мақсадида жамоат ташкилотларининг бир қатор янги нодавлат нотижорат ташкилотларини ташкил этиш ва қайта кўриб чиқиш тўғрисидаги таклифлари давлат томонидан қўллаб-қувватланди.


Айбек Матчанов-O'zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши депутатлик гурухи рахбари2018-05-15 15:04:13

Ҳаракатлар стратегиясида белгиланган вазифаларни самарали амалга ошириш мақсадида жамоат ташкилотларининг бир қатор янги нодавлат нотижорат ташкилотларини ташкил этиш ва қайта кўриб чиқиш тўғрисидаги таклифлари давлат томонидан қўллаб-қувватланди.


Каримов Бахтияр2018-05-15 14:58:40

Нодавлат нотижорат ташкилотларини ва фуқаролик жамиятининг бошқа институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди томонидан давлат гранти танловларининг эълон қилиниши Мамлакатимиз равнаки учуч амалга ошириладиган лойихаларнинг куллаб кувватланишига олиб келади


Танирбергенов Байрамбай Аскербаевич O’zLiDeP Қорақалпоғистон Республикаси Кенгаши Бошланғич партия ташкилотлари билан ишлаш гуруҳи раҳбари2018-05-15 14:54:25

Мазкур қарорда “Нодавлат нотижорат ташкилотлари уйлари”ни ташкил этиш кўзда тутилгани, бу албатта шу соҳаларда ишлаётган ходимларининг янада фаолроқ бўлишига чорлайди.


Юлдаш Маткаримов-O'zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-15 14:25:45

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ҳузуридаги Нодавлат нотижорат ташкилотларини ва фуқаролик жамиятининг бошқа институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди томонидан давлат гранти танловларининг эълон қилиниши нодавлат нотижорат ташкилотлари сафининг кенгайишида муҳим омил бўлаётир.


O'zLiDeP Сайхунобод туман Кенгаши аппарат рахбари Исматуллаев Мухриддин 2018-05-15 09:02:05

Ушбу фармон фуқаролик жамияти институтларини ривожлантириш бўйича муҳимлиги ва ўз вақтида қабул қилинганлиги Президентимиз хеч бир сохага бефарқ эмаслигини исботи бўлиб турубди.


Жиззах вилояти Зарбдор туман Кенгаши ижрочи котиби Ўразбоев Шохрух2018-05-14 18:41:32

Президентимиз томонидан қабул қилинган ушбу фармон ННТлар фаолияти самарадорлигини ошири билан бир қаторда уларни қийнаб келаётган бир қатор муаммоларнинг хам ечими бўлди дейиш мумкин.


Fikringizni qoldiring

+