Deputatlar keksa-nuroniylar va bemorlar holidan xabar oldi

07.07.2022, 17:02

Deputatlar keksa-nuroniylar va bemorlar holidan xabar oldi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan Qurbon hayiti arafasida Namangan shahridagi Chorsu, Sharq tongi, Chinor, Amir Temur, Sohibkor, Oydinko‘l, Gulpora, G’ishtko‘prik, Sumalak guzari, Madaniy va Sharshara mahallarida keksa-nuroniylar va bemorlar holidan xabar olindi.         

Nuroniylar yurtimiz tinchligi, turmushimiz farovonligi va dasturxonlarimiz to‘kin-sochinligini Yaratgandan so‘rab duolar qilishdi.

Okrug hududidagi 60 nafar keksa-nuroniylar va bemorlarga bayram sovg‘alari tarqatildi.

Bu kabi ezgu amallar davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    374
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+