Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat

08.07.2022, 15:22

Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat

"O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi OzLiDeP boshlang‘ich tashkilotlarida ham keng muhokama qilinmoqda.

“Angren shahar  elektr tarmoqlari" korxonasidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida o‘tkazilgan ochiq muhokama ham ayni maqsadda tashkil etildi.

Tadbirni korxona rahbari, partiya a’zosi Bahodir Nimatullayev olib borarkan, "O’zbekiston  Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va  qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga keng jamoatchilik va aholining fikrlari olinayotgani natijasida xalq Konstitutsiya muallifiga aylanayotganini alohida ta’kidladi.

Mamlakat bo‘ylab o‘tkazilatgan mazkur islohotlar jarayonida inson qadri yuksaltirilib, xalqning siyosiy irodasi ro‘yobga chiqayotganini quvonchli hol, deb baholadi.

O’zLiDeP Angren shahar Kengashi rahbari Muqaddam Narbayeva esa  yig‘ilish ishtirokchilariga ushbu qonun loyihasining mazmun-mohiyatini  tushuntirish barobarida Konstitutsiya 1-moddasida belgilangan ijtimoiy davlat tushunchasini batafsil izohladi.

“Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlanayotgani e’tirofga molikligini qayd etdi.

Ijtimoiy davlat har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat prinsiplari asosida munosib yashash sharoitlarini yaratib berishini, u – ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish bo‘yicha samarali siyosat olib boradigan davlat modeli ekanini ta’rifladi.

Ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur bo‘lgan iste’mol tovarlarining eng kam miqdori belgilab qo‘yilishini nazarda tutishi, u shaxs va uning oilasi munosib hayot kechirishi uchun yetadigan ish haqi, bandlikni ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, kambag‘allikni qisqartirishni talab qilishini ta’kidladi.

Shular qatorida yashash uchun zarur resurslar – ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, transport va boshqa qulayliklar bilan ta’minlanish, majburiy mehnatga taqiq qo‘yish ham ijtimoiy davlatda muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘zladi.

“Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy davlatda hech kim e’tibordan chetda qolmaydi, o‘z muammolari bilan yolg‘iz tashlab qo‘yilmaydi. Siz ham o‘z faoliyatingiz bilan Yangi O’zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish ishiga munosib xissa qo‘shmoqdasiz. Bugun mamlakatimizda kechayotgan muhim siyosiy pallada ham faollik va insoniylik namunasini ko‘rsatishingizga iymonimiz komil”, - dedi u o‘z so‘zi yakunida.

Ochiq muhokamada so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyaviy islohotlar va Qonun loyihasi borasidagi o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O`zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    2522
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+