Andijonda o‘tkazilgan "Konstitutsiya bilimdonlari" bellashuvi va sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi

08.07.2022, 15:25

Andijonda o‘tkazilgan

Yoshlar — har qanday jamiyatning ertasi. Ular tom ma’noda, O’zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi O’zbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir.

Bugun mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar ko‘lami chegara bilmaydi. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, o‘z yurti va xalqiga fidoyi, ajdodlarimiz boshlab bergan ishni davom ettirishga qodir bo‘lgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni yengib bo‘ladimi, degan savolni oldimizga qo‘ysak, albatta, yo‘q, deb javob bera olamiz. Chunki o‘z maqsadlariga yetishda dadil va doim yangilik sari intiluvchi yoshlar bizning faxrimiz va g‘ururimizdir. Ular bizga kuch beradi, iftixor bag‘ishlaydi.

Albatta, bugun katta umid, orzu-maqsadlar bilan Vatanim taraqqiyotiga hissa qo‘shaman, deya belini mahkam bog‘lab maydonga chiqayotgan shijoatli yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash barchamizning burchimizdir. Bu borada O‘zLiDeP Andijon  viloyat Kengashi qoshidagi “Yoshlar qanoti"  doim faol. Bugun Andijon shahridagi "Eko yoshlar bog‘i" da bo‘lib o‘tgan "Yoshlar uchrashuvi" ham fikrimizning yaqqol dalilidir.

Mazkur tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Jamshidbek Jalolov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umidaxon Zokirova,  partiya viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova, mahalliy Kengash deputatlari,  BPT raislari,  partiya faollari,  yoshlar va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda so‘z olganlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi, shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida tadbir ishtirokchilariga keng ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakat yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigi xususida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Tadbir yoshlar o‘rtasidagi "Konstitutsiya bilimdonlari" bellashuvi va sport musobaqalari qiziqarli tarzda davom etdi. Ko‘tarinki kayfiyatda va noan’anaviy tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida "Yoshlar qanoti" faollari partiyaning esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Xojimuxammad Xasanxonov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    451
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+