Konstitutsiyaviy qonun loyihasi quyi bo‘g‘inlarda keng muhokamalar qilinmoqda
08.07.2022, 15:30

Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha umumxalq muxokamasi o‘tkazilishi uchun bundan oldin belgilangan muddatning yana 10 kunga, ya’ni joriy yilning 15 iyuligacha uzaytirilganligi ayni muddao bo‘ldi.
Negaki, fuqarolardan tushayotgan taklif va murojaatlar borgan sari ko‘paymoqda. Ularning eng ahamiyatli va dolzarbligi shundaki konstitutsiyaviy komissiya tomonidan inobatga olinadi, albatta.
O’zLiDeP ning Buxoro viloyatidagi quyi bo‘g‘inlarida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlab o‘tkazib kelinayotgan targ‘ibot tadbirlarida ushbu jiddiy siyosiy jarayon bilan bog‘liq fikr–muloxazalar bildirilayapti, asoslantirilgan takliflar o‘rtaga tashlanmoqda.
Romitan tumani veterinariya bo‘limi boshlang‘ich partiya tashkilotida o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z olgan ushbu muassasa rahbari, partiya tuman Kengashi raisi Uchqun Hodiyev, BPT raisi Maqsuda To‘rayeva, partiya faollaridan Zarnigor Safarova, Yo‘ldosh Aminov, Otabek Karimov va boshqalar Qonun loyihasi bilan batafsil tanishib chiqqanliklarini, yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hech shubhasiz, xalqimiz turmush darajasini oshirishga, kishilarimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Yig‘ilishda ma’lum qilinganidek, qonun loyihasiga Prezidentimiz tomonidan 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 14 ta taklif bildirilgan. Loyihaga shuningdek, 6 ta yangi modda hamda 16 ta yangi norma kiritilgan.
BPT yig‘ilishida e’tirof etilganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining tegishli moddasidagi atmosfera havosini umummilliy boylik sifatida konstitutsiyaviy normada mustaxkamlanishi uni milliy darajada ximoya qilish tizimini xalqaro xuquqiy talablarga muvofiqlashtirishga, davlat nazorati samaradorligi oshishiga hamda axolining hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zarur sharti sifatida atrof–muhitning qulay holatini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
-
BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?
02.03.2023, 17:25
-
BPT faoliyatidagi kamchiliklar ochiqlandi
02.03.2023, 15:32
-
G’alvir suvdan qanday ko‘tarilyapti?
02.03.2023, 11:15
Fikringizni qoldiring